Boyovut tumanida mehnat migrantlari hamda ishsiz yoshlar, tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan, vaqtincha ishsiz boʻlgan nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka jalb qilish boʻyicha “Boʻsh ish oʻrinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida turgan 8 nafar shaxsdan 2 nafari "Uchturgon" MFYda joylashgan gʻist ishlab chiqarish zavodiga, bir nafari "Stella moda" MCHJ tikuv fabrikasiga ishga joylashtirildi. 5 nafar nazorat ostidagi shaxslarga mutaxassisligidan kelib chiqqan holda boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.