JIB Boyovut tumani sudining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda tuman IIB boshligʻining taqdimnomasiga asosan IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo oʻtayotgan bir guruh shaxslar muddatidan oldin jazodan ozod etildi.
Jumladan, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1962 yilda tugʻilgan, Boyovut tumani Madaniyat mahallasida yashochi nazorat ostidagi shaxs A.A. oʻtalmay qolgan 1 yil 3 oy 22 kun oʻtalmay qolgan jazosidan ozod etildi.
Shu kuni sud qaroriga koʻra jami 8 nafar nazorat ostidagi shaxs JIB Boyovut tumani sudining ajrimiga asosan muddatidan oldin jazo oʻtashdan shartli ravishda ozod etildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
