Bugun Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarhimov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligiga tashrif buyurdi. U harbiy xizmatchilarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi. Shuningdek, ularning 2021 yil davomida jangovar xizmat vazifalarini bajarish borasida erishgan yutuqlarni alohida eʼtirof etdi. Shaxsiy tarkib 2022 yilda ham Qorovul qoʻshinlari oldiga qoʻyilgan barcha vazifalarni yuksak mahorat va matonat bilan bajara olishiga qatʼiy ishonch bildirdi. Bundan Vatan himoyachilari ruhlanib ketishdi. Vazir oʻrinbosari tashrif chogʻida 7531-harbiy qismda amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Ilhom EGAMBERDIEV,

serjant.

Muallif olgan suratlar.