Yaqinda Jondor tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “Xumin” mahallasida yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan H.X. oʻz uyida bir guruh qishloqdoshlarini yigʻib, qimorxona tashkil qilgani aniqlandi.

  “Oʻyin” ayni avj olgan paytda H.X. tuman IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.

 Mazkur holat yuzasidan JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.AHADOV,

oʻz  muxbirimiz.

Buxoro viloyati.