Jizzax viloyati Doʻstlik tumani “Mevazor” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladigan, tuman mashina traktor parkida buxgalter boʻlib ishlovchi M.O. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, shu yilning 31 oktyabrida ishxonasi seyfidan 78 million 600 ming soʻm oʻgʻirlanganligini bildirgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor surishtiruv davomida jinoyat mazkur MTP xodimi, tumanning Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi B.S. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Undan 60 million soʻm pul va 1 dona temir kesish uskunasi hujjatlashtirib olingan.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.