Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV xodimlarining huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida pul evaziga ishga kiritishni vaʼda qilgan fuqarolar qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha fuqaro S. ariza egasining ishonchiga kirib, uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Perinatal markaziga oʻzi bilan birga ishlaydigan tanishlari yordamida ishga kiritishga vaʼda beradi. Buning evaziga fuqarodan 20 mln. soʻm pul talab qiladi. U pullarni olayotgan paytda qoʻlga olinganida, ushbu pullarni mazkur markazda ishlaydigan ikkinchi bir shaxsga bermoqchiligini aytadi. Shu boisdan tadbir davom ettirilib, natijada B. ismli shaxs pullarni olgan paytda ushlanadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Azamat PIRNIYAZOV,

oʻz muxbirimiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.