Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Baxmal tumanida sayyor qabul oʻtkazganida “Istiqlol” mahallasi aholisi yoʻllarni taʼmirlash borasida murojaat qilgandi. Shu maʼnoda mazkur masalani davlat dasturlariga kiritish choralari koʻrildi.
Natijada mahallaning 1 kilometrlik yoʻliga asfalt yotqizildi. Ayni vaqtda esa 10,9 kilometr uzunlikdagi koʻchalarga shagʻal yotqizish ishlari olib borilyapti. Bunga 17 ta yuk mashinasi va 1 ta greyder jalb etilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.