Shu kunlarda Navoiy viloyatida “Qurol” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda. Tadbirni sifatli tashkil etish uchun shahar-tuman IIBlari xodimlaridan iborat ishchi guruhlar faoliyat olib boryapti. Undan koʻzlangan maqsad qurol bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olishdir.

Tekshiruvning dastlabki natijalariga toʻxtaladigan boʻlsak, hozirgi kunga qadar qurol saqlash bilan bogʻliq jami 19 ta qoidabuzarlik holati aniqlandi. Jumladan, 12 nafar fuqaro qurolni saqlash va olib yurishga berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddati oʻtib ketganligi sababli maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Bundan tashqari, qurol-yarogʻlarni noqonuniy saqlaganlik uchun qonunda javobgarlik belgilangani yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida 6 ta ov quroli fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda hududiy IIBlarga topshirildi.


Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.