Lavhamiz qahramoni dastlabki xizmat faoliyatini 2017-yilda Qarshi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasida surishtiruvchi sifatida boshladi. Unga murabbiy etib oʻsha davrda tajribali va malakali tergovchi sanalgan, hozirda viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilayotgan podpolkovnik Odil Yakubov biriktirildi. Kasbning oʻziga maʼlum boʻlmagan qirralarini ustozidan oʻrgangan Maftuna IIV Akademiyasida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab, mahorat va tajribasini oshirib bordi.
2024-yilda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning shahar-tuman boʻlinmalari tergovchilari oʻrtasida oʻtkazilgan «Eng yaxshi tergovchi» koʻrik-tanlovi gʻolibi
mayor Maftuna Shokirova joriy yilning oʻtgan davrida 20 dan ortiq jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlarini yakunladi.
– Tergovchi, avvalambor, halol, xolis boʻlmogʻi lozim. U aybdorning aybini isbotlab, jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashga, aybsizlarni oqlashga oʻz hissasini qoʻshsa, vijdoni oldida yuzi yorugʻ boʻladi. Hech qachon zimmasidagi vazifaga yuzaki yondashmagan, oʻqishdan, oʻrganishdan, izlanishdan erinmagan, toʻxtamagan xodim tanlagan yoʻlidan adashmaydi, – deydi u.
Sodiq RAHIMOV,
oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
