– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shugʻullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan
6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov.
Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qoʻygan boʻlib, qoʻl jangi bilan 6 yildan buyon professional tarzda shugʻullanib keladi. Oʻtgan yili Andijon viloyatida oʻtkazilgan katta musobaqada faxrli birinchi oʻringa sazovor boʻlgan. Profilaktika inspektorining oilasi ham namunali oilalar sirasiga kiradi. Otasi Qodirjon aka tadbirkorlik bilan shugʻullansa, onasi
Malikaxon Abduvoitovaning kasbi shifokor. Oilada toʻrt oʻgʻilning uchinchisi boʻlgan Shohruxmirzoning katta akasi Boburmirzo Andijon viloyati IIB YHXXB safdor xodimi.
Doimiy izlanishda boʻlgan leytenant hozirda doktorantura bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining mustaqil izlanuvchisi hamdir. Bundan tashqari, «Zakovat» bellashuvlari va koʻpgina koʻrik-tanlovlarda muntazam ravishda ishtirok etib keladi.
Abror POYONOV,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
