Bekobod tumani IIB ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 46 marotaba voqea joyini koʻzdan kechirib, ashyoviy dalillar olishdi, 185 marotaba qidiruv va tergov harakatlarida qatnashishdi.
Shu bilan birga, gumondor, jabrlanuvchi, muqaddam sudlangan, profilaktik hisobda turgan va jinoyat qilishga moyil boʻlgan shaxslardan olingan 2680 ta qoʻl-barmoq izi daktokartalari viloyat IIBB EKM ADTT bazasiga kiritish uchun joʻnatildi. Kimyoviy, daktiloskopiya, ballistika, trasologiya, hujjatlarning texnik-kriminalistik va sovuq qurol ekspertizasi yoʻnalishlarida jami 95 ta ekspertiza xulosasi berildi.
– Boshqa sohaviy xizmatlar bilan birgalikda doimiy ravishda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda, – deydi tuman IIB EKG katta eksperti, podpolkovnik Sobirjon Nizamutdinov. – Bu kasbiy bilim va koʻnikmalarimizni oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ekspert-kriminalistika guruhida «Ustoz-shogird» anʼanasi asosida xizmatni boshlagan yosh xodimlarga tajribali xodimlar murabbiy etib biriktirilyapti. Mazkur anʼana yosh xodimlar kasb sirlarini mukammal egallashiga xizmat qilayotir.
Mixli SAFAROV,
Oʻz muxbirimiz.
Toshkent viloyati.
