Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari voqea joyida qoldirilgan barmoq izlaridan nusxa olib, oʻtkazilgan taqqoslash oʻgʻirlik yuz bergan xonadonda mazkur mahallada istiqomat qiluvchi S.S.ning ham boʻlganligini koʻrsatdi. Gumonlanuv­chidan seyfda qoldirilgan barmoq izlari xususida izoh soʻralganida, u aybini tan oldi va 2 dona uzuk, 1 juft sirgʻa, 115 ming soʻm hamda 20 AQSH dollarini qaytarib berdi.  

Umuman olganda, soha vakillari joriy yilning oʻtgan davrida 

1593 marta jinoyat va hodisa joyini koʻzdan kechirishgan. Mazkur jarayonda 2326 ta daliliy ashyolar olinib, ular asosida 1274 ta sudga oid ekspertizalar hamda 428 ta tekshirish oʻtkazilib, xulosa va maʼlumotlar tayyorlangan. Bundan tashqari, 9 nafar shaxsi nomaʼlum murdaning barmoq izlari orqali kimligiga oydinlik kiritilgan. 

Qolaversa, daktiloskopik, portret, xatshunoslik, ballistik, kimyoviy, maxsus kimyoviy moddalar, avtotexnik, oʻchirilgan belgilar hamda sovuq qurollarga oid ekspertizalar oʻtkazilgan. Sodir etilgan 92 ta jinoyat boʻyicha hodisa joylaridan identifikatsiya qilish uchun yaroqli boʻlgan barmoq va kaft izlari kriminalistik hisobga olinib, natijasi boʻyicha maʼlumotnomalar tegishli boʻlimlarga taqdim etilgan.

Shuningdek, voqea joyi atrofidagi kuzatuv qurilmalari tasvirlariga tushgan hamda fotosuratlar orqali 

24 nafar shaxsning biometrik maʼlumotlari aniqlangan. Qisqasi, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari jinoyatlarni «issiq izida» fosh etish hamda tergov harakatlarining samarali amalga oshirilishiga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz. 

Jizzax viloyati.