Sohada koʻp yillar faoliyat yuritib, yorugʻ yuz bilan pensiyaga chiqish har bir osoyishtalik posbonining orzusi. Toshkent shahar Yunusobod tumani IIOFMB Jamoat tartibini saqlashni tashkillashtirish boʻlinmasi boshligʻi, podpolkovnik Shuhrat Talipov ham bugun izzat-ikrom bilan nafaqaga kuzatildi.

Tadbirda Yunusobod tumani IIOFMB boshligʻi, polkovnik Abudmajid Shermuxamedov soʻz olib, podpolkovnik SH. Talipov faoliyat yuritgan yillariga bir nazar tashladi. 

Qahramonimiz IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtini tamomlaganidan soʻng, Yashnobod (oldingi Hamza tumani) IIB huzuridagi qoʻriqlash boʻlimida faoliyatini boshlaydi. Keyinchalik uni Yunusobod tumani IIB Huquqbuzarliklarni oldini olish boʻlimi militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorligiga oʻtkazishadi. Ana shu davrdan boshlab tuman Iibda sohaning turli tizimlarida faoliyat yuritib, 2020 yildan to hozirgi kunga qadar egallab turgan lavozimida xizmat qildi.

Shuningdek, tadbirda xodimning hamkasblari va shogirdlari oʻzlarining iliq soʻzlarini bildirishdi. Shundan soʻng, SH. Talipovga milliy toʻn va doʻppi kiydirildi.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.