Davlatobod tumani hududida tuman IIB Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan “Xavfsiz mahalla” konsepsiyasi doirasida mahallalarda “xavfsiz bekat”, “xavfsiz yoʻlak” va “xavfsiz koʻcha” tamoyillari asosida videokuzatuv kameralari oʻrnatilib, yirik savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalari texnik qoʻriqlovga olindi.
Aholi xavfsizligini taʼminlashda “tashvish tugmalari” tizimi joriy etilib, bu orqali fuqarolar favqulodda holatlar yuzaga kelganda huquq-tartibot organlariga zudlik bilan xabar berish imkoniyatiga ega boʻldi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
