Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi Shuhrat Polvanov mamlakatimiz rahbarining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining Jizzax viloyatidagi ijrosini oʻrgandi. Jumladan, u viloyat IIB, viloyat prokuraturasi hamda Milliy gvardiya masʼullari bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya faoliyati bilan tanishdi. 

Shuningdek, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat IIB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari uchun yaratilgan xizmat sharoitlarini koʻzdan kechirdi. Bundan tashqari Shuhrat Polvanov Jizzax shahrining «Qassoblik» mahallasi profilaktika inspektori hamda “Oʻrda” ekologik bogʻiga tungi xizmatga jalb etilgan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan faoliyatini oʻrgandi. Oliy sudi raisining oʻrinbosari tumanning «Toqchilik» mahallasidagi xushyorxona sharoitlarini ham koʻzdan kechirdi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.