Namangan viloyati Pop tumanida tugʻilgan Doni­yor Qodirov tibbiyot kollejini tugatib, muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, shartnoma asosida xizmatni davom ettirishga qatʼiy qaror qildi. Bugungi kunda 3-darajali serjant D. Qodirov alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik guruhi bosh mutaxassisi – feldsher lavozimida xizmat qilmoqda.

– Xizmat faoliyatim oʻzimga juda yoqadi, – deydi Doniyor Qodirov. – Qatʼiy harbiy intizom, aniq kun tartibi – bular ayni menbop. Oilam va yaqinlarim men bilan faxrlanishadi. Turmush oʻrtogʻim Fotima bilan uch yoshli Mustafo ismli oʻgʻilni voyaga yetkazyapmiz.

Nurshod Bozorov Navoiy viloyatining Nurota tumanida tugʻilgan. 2019-yildan 

buyon katta mutaxassis-oʻqchi lavozimida xizmat qilmoqda. 3-darajali serjant N. Bozorov boʻsh vaqtlari­da ogʻir atletika va sharq yakkakurashi bilan astoydil shugʻullanadi.

– Har bir er yigit Vatan himoyachisi boʻlishi ke­rak, – deydi Nurshod Bozorov. – Xizmat yillari davomida doʻstlik, ogʻir damlarda safdoshlarning yelkadosh boʻlishi nima ekanligini chuqur anglab yetdim. Koʻp farzandli oilada oʻsganman. Ota-onam Mamatqul aka va Matluba opa toʻrt oʻgʻil, bir qizni voyaga yetkazishdi. Ukala­rim Navoiy kon-metallur­giya kombinatida ishlaydi.

– Kasb-hunar kollejini tamomlab, ekskavator ope­ratori yordamchisi sifatida faoliyat olib bordim, – deydi kichik serjant Otabek 

Qo­dirov. – Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, kontrakt boʻyicha xizmatni davom ettirishga qaror qildim. 2018-yilda mazkur harbiy qismga keldim, qisqa muddatli kurslardan soʻng alohida vazifalarni bajaruvchi guruhda pulemyotchi etib tayinlandim. Ota-onam, qarindoshlarim Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida istiqomat qilishadi. Har yili mehnat taʼtili paytida rafiqam Latofat hamda oʻgʻillarim Akobir va Javohir bilan tugʻi­lib oʻsgan maskanimizga dam olgani boramiz.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Suratda: (oʻngdan chapga) 3-darajali serjantlar Nurshod Bozorov va Doniyor Qodirov, kichik serjant Otabek Qodirov.