Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligini oshirish, kutilmagan vaziyatlarda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning vakillari hamkorligida xizmat olib borishini taʼminlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi.
Shu munosabat bilan yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV hamda Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma-reja asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasining ixtisoslashgan maxsus oʻquv markazida xodimlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va ularning koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti tashkil etilib, osoyishtaligimiz posbonlari yana bir bor sinovdan oʻtkazildi.
Azamat PIRNIYaZOV,
“Postda” muxbiri.
