Har bir haydovchi sodir etgan qoidabuzarligi uchun belgilangan tartibda jarima toʻlashga majburdir. Ammo baʼzi haydovchilar jarima toʻlashga boʻyni yor bermay qochib yurishni maʼqul koʻrishadi. Aniqrogʻi, qoʻlga tushsam toʻlarman-da, qabilida ish tutishadi.
Xorazm viloyati hududida bunday qonunbuzar haydovchilarga nisbatan qonun ustivorligini taʼminlash maqsadida qoʻshma reyd tadbirlari davom etmoqda. Joriy yilning 18 noyabr kunidan shu kunga qadar oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida maʼmuriy jarimalarni belgilangan muddatda toʻlamagan 2480 nafar qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ulardan 1,3 milliard soʻmdan ortiq qarzdorlik undirildi. Shuningdek, reyd tadbirlari davomida jarimani toʻlashdan bosh tortgan haydovchilarga tegishli boʻlgan 642 ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Qonun ustivorligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi reyd tadbirlari davom etmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
