Joriy yilning 8-oktabr kuni Norin tumanida yashovchi M.M. aloqa xati bilan murojaat qiladi. Unga koʻra, shu yilninh 27 sentyabr kunidan 8-oktabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida tumanda joylashgan “Uchqoʻrgʻon don mahsulotlari” AJ Haqqulobod shaxobchasi omborxonasiga nomaʼlum shaxs devor oshish yoʻli bilan kirib, u yerdan umumiy narxi 16361280 soʻmlik 3744 kg. “Elita Alekseevich” navli urugʻlik bugʻdoyini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qiladi.

Osoyishtalik posbonlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surushtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Norin tumanida yashovchi besh nafar fuqarolar sodir etganligi aniqlangan.

Qilgan ishidan pushaymon boʻlgan bu yigitlar endi qonun oldida javob beradi.

Feruza OTAXONOVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.