“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jamiyatda osoyishtalik va barqarorlikni taʼminlash, turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida koʻplab uchrashuvlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan unda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning shahar-tumanlardagi boʻlim va boʻlinmalari tergovchilari tomonidan aholi gavjum joylarda “Oʻz mulkingizni qarovsiz qoldirmang!”, “Plastik kartangizning maʼlumotlarini hech kimga bermang!”, “Firibgarlardan ogoh boʻling!” kabi mavzularda targʻibot ishlari jadallik bilan olib borilyapti. 

Shuningdek, oʻtkazilayotgan keng qamrovli tadbirlarda oʻgʻrilik, firibgarlik, kiberjinoyatlar uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari ham ishtirokchilarga batafsil tushuntirilmoqda. 

Oʻz muxbirimiz,

Qashqadaryo viloyati