Shu yilning 24-avgustida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamalakatimizda tabiatni himoyalashga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish maqsadida ichki ishlar organlari tizimida ekologiya politsiyasini tashkil etish masalasi koʻtarilgan edi. Mazkur yigʻilishda belgilangan vazifa va topshiriqlar asosida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirdi.

Mazkur tizimlar vakillari joriy yilning 5-sentabridan boshlab, kunduzgi va kechki nazorat-reyd tadbirlarini oʻtkaza boshladilar. Bu jarayonda daraxtlarni noqonuniy kesish, chiqindi tashlash, brakonerlik kabi qonunbuzarliklarni aniqlash choralari koʻrilyapti. Soha vakillari profilaktik targʻibot tadbirlarini ham oʻtkazishmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.