Jizzax viloyati IIB JXX JTSB patrulʼ-post xizmati batalʼoniga IIV tomonidan ajratilgan “BYD” rusumidagi 5 ta zamonaviy elektromobilʼ topshirildi. Soha vakillari shu kuniyoq ushbu transport vositalarida xizmatga chiqib ketishdi. Tabiatga zarar yetkazmaydigan mazkur avtomashinalar patrulʼ-post xizmati batalʼoni xodimlarining osoyishtalikni taʼminlashga qaratilgan faoliyati samaradorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi tayin.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
