Kun qahramoni

Kapitan Farrux Ergashev 1991 yilda Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida tugʻilgan. 2015 yilda IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti (oldingi)ni tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2015 yilda Toshkent viloyati IIB Jazoni ijro etish boʻlimi 38-jazoni ijro etish koloniyasida boshlagan. Ayni paytda IIV JIEBB 51-sonli manzil-koloniyasi boshligʻining tezkor-qidiruv, tartibot va tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. 

U manzil-koloniyada oʻziga yuklatilgan vazifalarni vijdonan ado etadi. Jumladan, Tezkor-qidiruv yoʻnalishi, tartibot boʻlinmasi va mahkumlar orasida tarbiyaviy ishlarni olib borishda muassasa xodimlarining ishini muvofiqlashtirish aynan uning zimmasida. 

Kapitan F.Ergashev oʻz ustida ishlab, bilim-malakasini yanada orttirishda davom etmoqda. Xususan, 2018 yil 17 mayidan 2 iyuniga qadar malaka oshirish oʻquv yigʻinida ishtirok etib, IIV Akademiyasining sertifikatini oldi. 

Qahramonimizning yana bir oʻziga xos jihati shunda ekanki, u nutq madaniyati va notiqlik sanʼatiga qiziqib, “Notiqlik sanʼati akademiyasi” nodavlat tashkiloti taʼlim muassasasida nazariy-amaliy mashgʻulotlarda qatnashib, yana bir sertifikatni ham qoʻlga kiritgan. 

  

Sarvar SOBIROV,

“Rostda” muxbiri.

Abu KENJAYEV olgan surat.