Kun qahramoni

1991 yili Mirishkor tumanida tugʻilgan. 2016 yilda IIV harbiy-texnika bilim yurtini tugatgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini viloyat IIB JIEB 33-sonli manzil koloniyasi tartibot guruhi katta tezkor vakili lavozimidan boshlagan. 2019 yildan boshlab viloyat IIB PvaJIEB Probatsiya boʻlimi guruh katta inspektori lavozimida xizmatni davom ettirib kelmoqda. 

Bugungi kunda kapitan Sh.Nabiyev probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvi yoʻnalishida qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, viloyat Aholi bandligiga koʻmaklashish bosh boshqarmasi, “Yoshlar” ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hisobda turgan shaxslar, ayniqsa, yoshlarni kasbga qayta oʻqitish, ishga joylashtirish, ijtimoiy hayotga moslashishi uchun ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etishda faollik koʻrsatmoqda. Jumladan, ayni paytda 10 nafar nazoratdagi shaxs kasbga qayta oʻqitilmoqda, 26 nafari ishga joylashtirildi. 

Zimmasiga yuklangan vazifalarni bekam-koʻst bajarib kelayotgan kapitan Shavkat Nabiyev muntazam bu boradagi tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib, targʻibot ishlarini samarali olib bormoqda. Kezi kelganda, yosh xodimlarga kasb sirlarini oʻrgatish bilan birga, viloyatning shahar-tuman IIB probatsiya guruhlariga oʻzaro hamkorlik yoʻnalishida amaliy yordam berib, xizmatga oid yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, hamkasblarining eʼtiborini qozonmoqda. 

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.