Kun qahramoni

Mehroj Yaxshiboyev 1987 yilda Urgut tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi xizmatni tumanning «Ukrach» nomli chekka qishloqlaridan birida profilaktika inspektori lavozimidan boshladi.  

Joriy yil boshida kapitan M. Yaxshiboyev Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga oʻtkazildi. 

Yaqinda u Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani «Baxshitepa» mahallasida istiqomat qilgan va bir necha yillardan beri qidiruvda boʻlgan 38 yoshli ayolni charter reys bilan «Samarqand» xalqaro aeroportiga kelgan chogʻida qoʻlga tushirishga muvaffaq boʻldi. Bu ayol odam savdosidagi ishtiroki uchun sudlangan, ammo shartli muddatni oʻtamay, BAAga uchib ketgan edi. U samolyot yerga qoʻngan zahoti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. 

Zamira Baltayeva.