Namangan viloyat IIB YHXB 3-safarbarlik guruhi katta inspektori, katta serjant Sanjarbek Mingboyev 1986-yili Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan. Uning bolaligi sport bilan oshno oʻtdi, mahalladoshlari oʻrtasida futbol, voleybol, stol tennisi musobaqalarida gʻoliblar safida boʻlardi. Jismoniy mashgʻulotlarda toblanishi bolalikdagi ichki ishlar organi xodimi boʻlish orzusiga yetkazdi.
Maktabni tamomlab, 2007-yilda IIV Akademiyasining Serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kursiga oʻqishga kirdi. 2008-yilda uning IIB sohasidagi faoliyati boshlandi. 2024-yildan buyon hozirgi lavozimida namunali xodimlar safida eʼtirof qilinadi.
Sanjarbek boshqarma futbol jamoasi tarkibida toʻp surib, koʻplab musobaqalar gʻolibi boʻlgan. Stol tennisi boʻyicha ham unga teng keladigani topilmaydi. Bir necha bor stol tennisi boʻyicha viloyat bosqichi musobaqalarida ijobiy natijalarni qoʻlga kiritgan. Uning xizmatdagi muvaffaqiyatlari munosib eʼtirof etilib, joriy yilda “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
