Podpolkovnik Doniyor Qambarov 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Maktabni tamomlab, Toshkent davlat yuridik institutida oʻqigan. Ilk xizmat faoliyatini Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi Korrupsiya, tovlamachilik va oʻzgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlinmasi tergovchisi lavozimida boshlagan. Ayni paytda IIV huzuridagi Tergov departamenti Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi Terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlimining oʻta muhim ishlar boʻyicha tergovchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 

 – Men ustozlarimni doimo minnatdor boʻlib eslayman. Xususan, uzoq yillar tizimda ishlab, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan isteʼfodagi podpolkovnik Gʻolib Soatov menga tergovning koʻp sirlarni oʻrgatgan, yoʻl-yoʻriq koʻrsatgan. Shuningdek, isteʼfodagi polkovnik Oybek Kulbekov, bugungi kunda ham tizimda faol xizmat qilib kelayotgan polkovniklar Dilmurod Mirsodiqov, Bahodir Ortiqov va Baxtiyor Jalolov, podpolkovnik Sherzod Shermatov. Ularning boy tajribasi men uchun hamisha qimmatli manbaa boʻlib kelgan. 

Qahramonimiz yillar davomida charxlandi, tergov yoʻnalishida turli lavozimlarda faoliyat olib bordi. Ayni paytda oʻzi ham ustozlik darajasiga erishib, koʻplab shogirdlar tarbiyalamoqda. Faoliyati davomida “Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda III darajali “Ichki ishlar organlaridagi benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan mukoftlangan. Bundan tashqari, bir qancha faxriy yorliq va tashakurnomalar bilan taqdirlangan. 

Adolat FAYZIYEVA, 

oʻz muxbirimiz.