2023-yil 17-dekabr kechki 18:00 larda Xovos tumani IIB HPB “Gulbahor” mahallasi profilaktika inspektori, mayor Xurshid Xoliqovning telefoni jiringladi. Unga shu mahallada yashovchi A.T. ismli shaxs koʻchadan ogʻir tan jarohati olib, hushini yoʻqotgan holda yotganligi haqida xabar berishdi. 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan mayor jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminladi. Soʻng uni shifoxonaga joylashtirib, oʻzi voqea tafsilotlarini aniqlashga kirishdi. Surishtiruv natijasida jinoyatni jabrlanuvchining yaqin doʻsti N.N. sodir etgani maʼlum boʻldi. U doʻsti bilan tortishib qolib, unga tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Mayor Xurshid Xoliqov navbatchi guruh yetib kelgunga qadar jinoiy qilmishni sodir etgan shaxsni topib, qoʻlga oldi.

Mayor Xurshid Xoliqov faoliyat koʻrsatadigan “Gulbahor” mahallasida 6464 aholi istiqomat qiladi. U mahalla ahlining ijtimoiy muammolarini hal qilishda ham faol. Ayni paytda IIV Akademiyasining sirtqi boʻlimi 2-kurs kursanti.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

oʻz muxbirimiz

Sirdaryo viloyati.