Toshkent shahar IIBB huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, kapitan Ramiz Nasritdinov hamkasblari bilan hamkorlikda oʻziga yuklatilgan vazifani sidqidildan ado etishga harakat qiladi. Xususan, jazoni oʻtab chiqqan, muqaddam sudlangan shaxslarning hujjatlarini oʻrganarkan, har bir jihatga alohida eʼtibor qaratadi. Fuqarolarning hujjatlarini toʻplab, tegishli tartibda roʻyxatini shakllantiradi.
Sir emaski, faoliyatda samaradorlikka erishishda oilaning ham oʻrni muhim. R.Nasritdinovning onasi Zulxumor opa oʻgʻlining duoguyi. Turmush oʻrtogʻi Naimaxon esa uning suyanchi. Ular ahdu paymon qilganiga ham 10 yildan oshdi. Bu juftlik 3 nafar – Azamat, Muharram va Muhammadyusuf ismli farzandlarining baxtu kamolini koʻrish niyatida tarbiyalab, voyaga yetkazishmoqda.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.