Shahrixon, Buloqboshi hamda Izboskan tumani IIBda xodimlarning ish bilan band boʻlmagan oila aʼzolariga tuman hokimligi vakillari va boshqa masʼullar bilan birgalikda targʻibot tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida bir qator tavsiyalar berdi. Shuningdek, masʼul xodimalar tomonidan xar bir yoʻnalish tushuntirilib, monomarkaz haqida videorolik namoyish etildi.

Bundan tashqari, ayollar bilan yakka tartibda suhbatlar olib borilib, yakunda ularning 6 nafari kasb - hunarga yoʻnaltirildi.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Andijon viloyati.