Kun qahramoni

Qahhorov Sobitjon Nabijon oʻgʻli 1992 yili Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 2017 yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2021 yilda Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 1-batalonida boshlagan. 2022 yildan buyon IIBB YPX brigadasi 1-batalon 4-safarbarlik guruhida faoliyat olib bormoqda.

U yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan Ythlarning oldini olish yuzasidan xizmat qilib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 2 ta spirtli ichimlik isteʼmol qilib avtoulov boshqargan haydovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirdi. Shuningdek, 10 ta holatda svetoforning qizil chirogʻida harakatlanish, 3 ta ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabiga boʻysunmaslik holatlarida haydovchilarga qonuniy chora koʻrgan. 2 nafar qidiruvda yurgan fuqaroni aniqlashga ham muvaffaq boʻlgan.

Bundan tashqari, u “Tungi reyd”ga jalb qilingan vaqtda hamkasblari bilan hamkorlikda bir jinoyatni “issiq izidan” fosh etishda qatnashdi. Yaʼni Mirzo Ulugʻbek tumanida xizmat olib borayotganida, tungi soat 23:30larda “Matiz” rusumli avtoulovni toʻtatadi. Avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan SH.YU.ning yonida giyohvandlik moddasi borligi aniqlanadi. Fuqaro qonuniy chora koʻrish uchun tuman Iiofmbga olib borib topshiriladi.

Oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan safdor Sobitjon Qahhorov oilada ham mehribon ota. Uning ikki nafar farzandi bor.

Sarvar SOBIROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.