Qashqadaryo viloyatida ham xodimlarning kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligini takomillashtirish, bu boradagi tajriba va malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Koson tumani IIBda boʻlib oʻtdi.

Viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari, IIV Maxsus otryadlarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat boʻyicha maxsus otryadi mutaxassislari va tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirokida oʻtgan oʻquv mashgʻulotida jangovar qurollar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Shu bilan birga, tadbir davomida malakali mutaxassislar tomonidan jangovar qurollarning texnik xususiyatlari, ularni ishlatish usullari shaxsiy tarkibga namoyish etildi. Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda oʻqotar qurollar, portlovchi uskunalardan foydalanish va ularni zararsizlantirish usullari, taktik-jangovar xususiyatlari ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi. 

Amaliy mashgʻulotlar asosida tashkil etilgan tadbir xodimlarimizning tajriba va malakasini, jangovar qurollarni ishlatish borasidagi mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Asror BOYNAZAROV, 

mayor.

Qashqadaryo viloyati.