Kun qahramoni
Lavhamizning bugungi qahramoni 1997 yili Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan. 2019 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasini tamomlagan. Ayni paytda Norin tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi 185-sonli tayanch punkti profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat koʻrsatyapti.
A.Erkinov zimmasiga tumandagi 2500 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan “Sirmoq” mahallasi osoyishtaligini taʼminlash yuklatilgan. Mahalla raisi va mahalla faollari bilan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar natijasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida ham yuqori natijalar qoʻlga kiritilyapti.
Qahramonimiz joriy yil boshidan hozirgacha 200 ga yaqin maʼmuriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlab, bayonnomalar rasmiylashtirdi. 200 ga yaqin fuqaroning murojaatini oʻrganib, ularning ijobiy hal boʻlishiga erishdi. 20 tadan ortiq nizoli oilalarni yarashtirishga hissa qoʻshdi.
- Haqiqiy jonkuyar, tinib tinchimaydigan katta leytenant A.Erkinov doimo men bilan yelkama-yelka turib, mahalla rivoji uchun, jinoyat boʻlmasligi, aholi tinchligi uchun kunu tun mehnat qiladi. Qonunlarni, huquqiy hujjatlarni juda yaxshi biladi,- deydi “Sirmoq” MFY raisi Lutfullo Xolmirzayev.
Feruza OTAXONOVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
