Bilib qoʻygan yaxshi
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida quyidagi asosiy gʻoyalar aks ettirilgan boʻlib, bu har bir fuqaroga oʻz salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sogʻlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim boʻgʻiniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlashga xizmat qiladi:
– barqaror iqtisodiy oʻsish orqali oʻrtadan yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga qoʻshilish;
– xalq ehtiyojlari va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini yaratish;
– aholi uchun qulay ekologik sharoitlar yaratish;
– xalqqa xizmat qiluvchi adolatli va zamonaviy davlat qurish;
– mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.
Mazkur ustuvor yoʻnalishlar doirasida yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar oshirish, kambagʻallikni ikki barobarga kamaytirish, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 100 foizga yetkazish, suvni ishlatish samaradorligini 25 foizga oshirish kabi qator vazifalar belgilangan.
Shuningdek, “Oʻzbekiston 2030 strategiyasi”ning 5 ta gʻoyasi doirasida jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbirlar, 190 ta vazifa 306 ta maqsadli koʻrsatkich va 118 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish belgilangan.
