Qumqoʻrgʻon tumanidagi Yangier mahallasida jinoyatchilik muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Sh.Shodiev ishtirok etdi.
Yigʻilish avvalida tuman hududida joriy yilda sodir etilgan jinoyatchilik boʻyicha axborot berildi. Soʻngra ularni keltirib chiqargan sabablar atroflicha tahlil qilindi. “Qizil hudud”ga kirgan mahallalarda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, hushyorlikni oshirish lozimligi taʼkidlandi.
Oʻz muxbirimiz.
