Chilonzor tumani hokimligida tuman hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev boshchiligida tuman prokurori, tuman IIOFMB boshligʻi va tuman Soliq inspeksiyasi rahbari ishtirokida Navroʻz va Ramazon hayiti bayramlariga tayyorgarlik, "Yashil makon" umummilliy loyihasi bahorgi mavsumining tumandagi ijrosi hamda Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11-mart sanasida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhokama qilingan aholi murojaatlari bilan ishlash masalasida olib boriladigan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan kengaytirilgan mahkama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda tuman hokimi tomonidan yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navroʻz bayramini tumanda munosib nishonlash, shuningdek, tumandagi 16 ta masjidlarning hududini, atrofini, masjidlarga kelish yoʻllarini tozalash va obodonlashtirish, masjidlar binolarini koʻzdan kechirib, binolarning kommunal tarmoqlaridagi kamchiliklarni tuzatish va tumandoshlarimiz va tumanimiz mehmonlarining Hayit namozlarini oʻqishlariga va ibodatlarini amalga oshirishiga har tomonlama qulayliklar yaratish boʻyicha masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.
Navroʻz bayrami sayillarini tumandagi kunu-tun faoliyat olib boradigan Al-Xorazmiy gastronomik koʻchasida tashkil etish, bayram tadbirlari haqiqiy xalq sayli shaklida oʻtishi, milliy hunarmandchilik buyumlari koʻrgazmalari, tumandagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tomonidan ishlab chiqilayotgan maxsulotlar koʻrgazmalari, turli xalq oʻyinlari, festivallar tashkil etish, bayramona tanlovlar uyushtirish, sumalak sayli oʻtkazish, mehmonlar uchun osh va halim tayyorlab tarqatish, milliy va zamonaviy estrada yoʻnalishida taniqli xonandalar tomonidan konsert dasturlari namoyish etish kabi tayyorgarlik ishlari boʻyicha ham masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
Ijro intizomi ham tanqidiy tahlil qilinib, tumandagi har bir mahalla va tashkilotlar kesimida tashkil etiladigan qabullarning natijador boʻlishi lozimligi, har bir murojaat chuqur oʻrganilishi, murojaatlardagi masalalar hal etiishi lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Oʻz navbatida muammolarni izchillik bilan ijobiy hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
