Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB Kinologiya xizmati pitomnigida boʻldi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Oʻrganishlar davomida kinologiya xizmati xodimlarining huquqiy bilimi, kasbiy mahoratini oshirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Xizmat itlarining iz qidiruv, giyohvandlik moddalarni topish, toʻsiqlarni yengib oʻtish kabi xususiyatlari koʻzdan kechirildi. Erishilgan yutuqlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bevosita xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, zarur tavfsiyalar berildi.
Maʼlumki, kinologiya xizmati jinoyat va huquqbuzarliklarni fosh etishda katta ahamiyatga ega. Buning uchun sohaning moddiy texnik baʼzasini mustahkamlash, xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, xizmat itlari yordamida oʻquv amaliy mashgʻulotlarni doimiy oʻtkazib borish maqsadga muvofiq.
Ishchi guruhining oʻrganishlari ayni maqsadlarga qaratilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati
