Xiva shahridagi 97-son maktab-internatida viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinmasi xodimlari tomonidan navbatdagi tadbir oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda boʻlinma kinologlari tomonidan oʻquvchilarga xizmat itlarini tarbiyalash, davolash, oziqlantirish hamda ular bilan mashgʻulotlar olib borish boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xizmat itlari yordamida iz qidiruv, portlovchi moddalarni izlab topish, qoʻriqlash yoʻnalishlari boʻyicha mashgʻulotlar namoyish etildi. Eng eʼtiborlisi, mashgʻulotlarda sohaga qiziqqan oʻquvchilar ham ishtirok etib, oʻz qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. 

Maktab-internatda oʻtkazilgan ushbu tadbir oʻquvchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.