Urganch davlat universitetida “Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Talabalar ishtirokida oʻtgan mazkur tadbirda viloyat IIB JXX JTSB Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinmasi xodimlari, safdorlar O.Rajabov hamda J. Ramatovlar ishtirok etib, yoshlarimizni “asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik girdobidan, turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish shu kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligini taʼkidlab oʻtishdi. Uchrashuvda viloyat hududida giyohvandlikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli tadbirlar va ularning natijalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuvda kinologlar xizmat itlari va ulardan foydalanish jarayonlariga ham toʻxtalib oʻtishdi.

Tadbir yakunida soha mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.