Qashqadaryo viloyatida ichki ishlar organlari quyi tuzilmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarga munosib xizmat sharoitini yaratish borasida qator manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, yaqinda Kitob tumanining “Paxtaobod” mahallasida yangi huquq-tartibot maskani foydalanishga topshirildi. Yangi maskanning ochilish marosimida viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Abdimannob ALLAYOROV, 

podpolkovnik.