Koʻkdala tumanidagi “Koʻkdala” mahallasida yangi huquq-tartibot maskani qurilib, foydalanishga topshirildi. 

Yangi mahalla huquq-tartibot maskani onlayn sud majlisi oʻtkaziladigan xona, videokonferensaloqa seansini oʻtkazish uchun moʻljallangan qurilmalar bilan jihozlangan yigʻilish zali, profilaktika inspektori xonasi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektor hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog, milliy gvardiya, jamoatchilik vakillariga moʻljallangan xonalarni oʻz ichiga olgan.

Sodiq RAHIMOV,

oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.