IIV huzuridagi JIED 4-mintaqaviy hududi 2-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan yosh mahkumlar oʻrtasida “Yoshlar – bizning kelajagimiz” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbir avvalida yoshlarga oid davlat siyosati haqida batafsil soʻz yuritildi. Shuningdek, qingʻir ishning oqibati ogʻir boʻlishi, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼkidlandi. 

Shundan soʻng jazo muddatini oʻtayotgan yoshlar tomonidan qoʻl mehnati bilan tayyorlangan turli xildagi buyumlar koʻrgazmasi tashkil etildi. 

– Koloniyada jazo muddatimni oʻtash mobaynida tartib-qoidalarga amal qilib, mehnatga vijdonan yondashib kelyapman, – deydi Ozodbek Hoshimov. – Kitobxonlik tanlovlarida, sport musobaqalarida faol qatnashyapman. Shuning uchun bugun ota-onam qimmatbaho sovgʻa va tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Ozodlikka chiqsam, peshona terim bilan halol rizq topib yashashga ahd qilganman.

Tadbir davomida koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan yosh mahkumlarga kitob jamlanmalari, futbol, voleybol va basketbol toʻplari, sport futbolkalari tuhfa qilindi.

Z.OBILOV,

mayor.