Sirdaryo viloyat IIB HPB, Guliston shahar prokuraturasi, shahar IIB HPB VEMB hamkorligida Guliston shahrida tungi vaqtlarda voyaga etmaganlarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining nazoratisiz koʻngilochar maskanlarda boʻlishining oldini olish, ularning tungi vaqtlarda kompyuter shohobchalarida bemaqsad oʻtirishi, kafe-bar, restoranlarda boʻlishini oldini olish maqsadida tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbirlar davomida Guliston shaharidagi 10 dan ortiq kompyuter oʻyinlari shohobchasi, kafe-bar, restoranlarning faoliyati reyd aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqildi. Reyd davomida tungi vaqtda ota-ona yoki boshqa qonuniy vakillarining nazoratisiz oʻtirgan 8 nafar voyaga etmagan yoshlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47/1-moddasida koʻrsatilgan javobgarlik choralari qoʻllanildi.
Shu bilan birga yuqoridagi kabi holatlarning sodir etilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun 7 ta kompyuter oʻyinlari shohobchasi rahbariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari koʻrilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
