Jizzax shahrining "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida yashovchi I.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, “Bunyodkor” mahallasida joylashgan korxonadan qiymati 12 ming 600 AQSh dollari boʻlgan 21 dona konditsioner oʻgʻirlanganligini bildirgan. MChJ rahbarining arizasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat Sharof Rashidov tumanining “Qahramon” mahallasida yashovchi E.U. hamda “Uchtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi B.M. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Ayblanuvchilardan 3 dona konditsioner hujjatlashtirib olingan.  

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.

Jizzax viloyati.