Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining jonbozligi, fidokorona xizmatlari tufayli joriy yilning oʻtgan davrida vohaga kelgan sayyohlar bilan bironta koʻngilsiz holatga yoʻl qoʻyilmadi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlardan kelgan ikkita delegasiyani kutib olish, xavfsizligini taʼminlash va kuzatish ishlari namunali tashkil etildi. 

Xodimlarimiz ayni paytda turistlarning beminnat koʻmakdoshlariga aylangan: ular murojaat qilgan sayyohlarga bajonidil yordam berishadi. Qolaversa, boshqarma navbatchilik qismiga integrallashgan “E-mehmon” elektron dasturidan foydalangan holda, zamonaviy texnologiyalar yordamida xizmat koʻrsatilishining yoʻlga qoʻyilgani ham xizmat natijadorligini taʼminlashda qoʻl kelmoqda. 

Maʼruf MADIYEV,

podpolkovnik.