Navoiy viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida koʻpkurash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda 12 jamoa oʻzaro kuch sinashdi. Qizgʻin va murosasiz ruhda kechgan bahslarda 3-oʻrinni Xatirchi tumani IIB, 2-oʻrinni viloyat IIB NKMK IIB jamoasi egalladi. Faxrli 1-oʻringa Konimex tumani IIB vakillari munosib koʻrildi. Bundan tashqari, “Faol ishtirok etganligi uchun” nominatsiyasida Qiziltepa tumani IIB hamda “Gʻalabaga boʻlgan ishtiyoqi uchun” nominatsiyasida Navbahor tumani IIB jamoasi gʻolib deb topildi. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.