14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati boʻyicha maxsus otryadi xodimlari IIV Surxondaryo akademik litseyida tadbir oʻtkazdi.
Otryad xodimlari maxsus qurollarning texnik-taktik xususiyatlari, ulardan foydalanish tartiblari haqida akademik litsey oʻquvchilariga tushuncha berdi. Otryadning koʻrgazmali chiqishlari tadbirga shukuh berdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javoblarni olishdi.
Oʻz muxbirimiz,
Surxondaryo viloyati.
