Buxoro viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari haydovchilar ishtirokida korrupsiya jamiyatni yemiruvchi eng katta xavf ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borishmoqda. Shuningdek, taʼmagirlik, poraxoʻrlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan koʻriladigan jazo choralari toʻgʻrisida maʼlumotlar berib borishmoqda.
Shu bilan birga, tizimda korrupsion holatlarning oldini olishda bu kabi salbiy holatlarga duch kelinganda huquq-tartibot idoralari bilan uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish oʻrinli boʻlishini taʼkidlashdi.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
