"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida Namangan viloyati IIB JXX YHXB jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Loyiha doirasida Boshqarma rahbari boshchiligida 15 turdagi jami 150 tup manzarali gul va daraxt koʻchatlari bino hovlisiga oʻtqazildi. Mavsum tanlamas gullar bahri-dilingizni ochsa, manzarali daraxt koʻchatlari boshqarma hovlisiga yanada koʻrk bagʻishladi.

Bu kabi ishlar hududlardagi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlim va guruhlari tomonidan ham davom ettirilmoqda.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.