Ona yurtimiz osoyishtaligi yoʻlida beminnat xizmat qilib kelayotgan kapitan Saidov Akmal Baxtiyor oʻgʻli 1992-yilning 16-iyun kuni Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tugʻilgan. U 2017-yilda hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini muvaffaqiyatli tamomlaydi.
Ilk xizmat faoliyatini 2017-yilning iyul oyida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent shahrida joylashgan 7534-harbiy qism guruh komandiri lavozimida boshlagan yosh harbiy xizmatchi ustozlari yordamida soha sir-asrorlarini puxta oʻrganib, hozirda ham mazkur harbiy qism vzvod komandiri lavozimida samarali faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek u oʻzining tirishqoqligi va harakatchanligi bilan berilgan topshiriqlarni ham fidoyilik bilan vaqtida ado etib, boshqa safdoshlariga namuna boʻlib kelayotir.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibning maʼnaviy salohiyatini oshirishda, yosh harbiy xizmatchilarni ona Vatanga sadoqat va mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda harbiy intizomni mustahkamlashda ham oʻzining jonkuyarligi bilan harbiy qism qoʻmondonligiga yaqindan yordam berib kelyapti.
Shu sababli, faoliyati davomida koʻplab ijobiy natijalarga erishib kelayotgan kapitan Akmal Saidovning ona yurtimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib qadrlanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinmoqda.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
